Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi

Bo‘lim boshlig‘i: Xudayberdiev Damin Sharofitdinovich

 Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 0900 – 1700

 Telefon:  (+998-90) 2482371

 Manzil: Ma’muriyat binosi, 2-qavat, 224-xona

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining funksional

vazifalariga quyidagilar kiradi:

Denov tadbirkorlik va pedagogika  unstituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, bevosita Denov tadbirkorlik va pedagogika  unstituti tarkibiga kiradi.

Bo‘limning asosiy maqsadi unstituti talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, universitetni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Ø ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

Ø unstitutda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

Ø unstitut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;

Ø ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

Ø kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

Ø unstitutni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni unstitut rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;

Ø ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;

Ø unstitutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha unstitut rektoriga takliflar kiritish;

Ø unstitut professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish natijalari to‘g‘risida unstitut rektoriga ma’lumot kiritish.