Reja-moliya bo’limi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Reja-moliya bo’limi

 Bo’lim   boshlig’i: Xalimov Rustam Murodulloevcih

Qabul   kunlari: Dushanba-Juma (14:00-17:00)

Telefon: (+998-91) 582-91-07

 Reja  – moliya bo’limi   haqida

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ta’lim muassasalarini moliyalash, jumladan, oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayonini zamon talablari darajasiga yetkazish,  ularda ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini kengaytirishda Reja-moliya bo‘limlari hissasi kattadir. Reja-moliya bo‘limi inistitutning alohida bo‘limi bo‘lib, bevosita rektorga bo‘ysunadi va  bo’lim   boshlig’i, 1- toifali iqtisodchisi tomonidan faoliyat yuritiladi. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, hukumat qaror va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari va me’yoriy hujjatlari, Inistitutning ichki tartib qoidalari va  nizomiga,  asoslangan holda ish yuritadi. Reja-moliya bo‘limi Inistitutning iqtisodini rejalashtiruvchi va moliyalashtiruvchi asosiy bo‘lim hisoblanib, yillik daromad va xarajatlar smetasini tuzishda hamda shtatlar jadvalini tayyorlashda ishtirok etadi.

Reja – moliya bo’limining   asosiy    vazifalari:

  • bo‘limning ishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish, hamda doimiy ish rejaga muvofiq olib borish;
    • bo‘lim boshlig‘i ish rejasida belgilangan vazifalarni hamda boshqa topshiriqlarni o‘z vaqtida, sifatli hamda zarur darajada bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib borish;
    • o‘z ish faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining iqtisodiy sohasidagi hamda Inistitut rektorining farmoyishlari, buyruqlari, ko‘rsatmalari asosida ish olib borish;
    • bo‘limga yuklatilgan vazifalarni sifatsiz tayyorlash holatlariga yo‘l quygan xodimlarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda intizomiy jazo choralari ko‘rish;
    • Muassasa rahbarining topshirig‘iga ko‘ra mablag‘larni sarflash bo‘yicha qaror, farmoyishlarni ekspertiza qilish va iqtisodiy tahlil o‘tkazish;
    • Byudjet va nobyudjet mablag‘lar bo‘yicha smeta loyihalarini tuzish va uni tasdiqlatish uchun vazirlikka taqdim etish;
    • Statistik hisobotlari topshirilgandan so‘ng o‘quv yili boshiga talabalar sonidan kelib chiqqan holda professor-o‘qituvchilar tarkibini aniqlash.
    • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hаmdа yuqori tashkilotlardan kelgan хаt va tоpshiriqlarni belgilangan muddatdan kechiktirmasdan bajarish;
    • Yangi o‘quv yili uchun qabul qilinayotgan  professor-o‘qituvchilar va hodimlar oylik maoshlarini yozib borish;
    • Shtat intizomini qat’iy nazorat qilib borish;
    • Inistitutda ta’lim xizmati va servis sohasi bo‘yicha tushum to‘g‘risidagi ma’lumotni  har оyning 3-sanasiga qadar statistik hisobotlarini topshirish.

      Reja-moliya bo‘limi xodimlarining tarkibi

Bo‘limda ishlovchi xodimlar soni 3 kishidan iborat bo‘lib, ular quyidagilarni tashkil etadi:

  • Bo‘lim boshlig‘i:  Xalimov Rustam Murodulloyeich
  •  1- toifali iqtisodchi:  Shodmonov Asqarali Xolmirzaevich
  • 1- toifali iqtisodchi:  Pardayev Alisher Ro`ziyevich