“PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA”KAFEDRASI TARIXI
Institut kengashining joriy yil 30-iyundagi 2022-2023 o’quv yilida fakultetlar tuzilmasida yangi kafedralar ochish va mavjudlarini muvofiqlashtirish to’g’risidagi 11-son qarori ijrosini ta’minlash to’g’risida 20.07.2022 yil № 107-A buyrug’i asosida “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi tashkil etildi.
Pedagogika fakultet tuzilmasida “Pedagogika va psixologiya”kafedrasi tashkil qilinsin,uning tarkibiga 6010100-“Pedagogika”bakalavriat ta’lim yo’nalishi hamda 70110501-“Pedagogika va psixologiya” magistratura mutaxassisligi biriktirilsin.Barcha ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha o’quv rejalardagi pedagogika va psixologiyaga oid fanlarning o’quv soatlari fondi ushbu kafedraning o’quv soati fondiga o’tkazilsin;

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri
Ismatov Sunnatullo Shamsullayevich
+998934715372 sshismatov72@mail.ru
Ismatov Sunnatullo Shamsullayevich texnika fanlari bo‘yicha nomzodi dotsent. 2022-yildan buyon Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida faoliyat yuritib keladi. 2022-yil 3-sentabrdan Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri. Faoliyati davomida 1 darslik, 2 monografiya, 1 o‘quv qo‘llanma va 1 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, bugunga qadar Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda 4 hamda boshqa nashrlarda 60 dan ortiq ilmiy maqolalari e’lon qilingan.
Pedagogika va psixologiya kafedrasi a’zolari; katta o’qituvchilar SH. K. Maxmudov, R. E. Shukurov, D. M. Boboqulova, T.A.Yo’ldoshev, o’qituvchilar F .I. O’rozov, D. M. Ravshaanova, N. N. Donayeva va stajyor o’qituvchilar P. M. Saidova, D. M. Abdumurodova, U. M.Shomurodov hamda kabinet mudiri S.X.Meliyevlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika va psixologiyakafedrasi 2022-yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda 10 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 4 nafari fan nomzodi, dotsentlar; 1 nafar texnika fanlari nomzodi dotsent ,2 nafar pedagogika fanlari doktori bo’yicha falsafa doktori (PhD), 1 nafar psixologiya fanlari doktori bo’yicha falsafa doktori (PhD), 4 nafar katta o‘qituvchi va 2 nafar o’qituvchi va 3 nafar stajyor o’qituvchilardan iborat.
Kafedra hayotidan fotolavhalar




2022-2023 o’quv yilida kafedrada 14 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, talabalarga ta’lim, ma’naviy tarbiya berish, bitiruvchilar monitoringini olib borish va jamoatchilik faoliyatlari – ommaviy tadbirlarda faol ishtirok yetib kelishmoqda. Kafedrada 2023-yili Sariosiyo Pedagogika kollejida kafedra filiali tashkil etilgan. Unda asosan trening darslar va hamkorlik faoliyat ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Kafedraning hamkorlik aloqalari. Bugungi kunda respublikamizdagi yetakchi OTMlari Pedagogika va psixologiya kafedralari hamda xorijiy davlatlar Pedagogika va psixologiya ilmiy tadqiqot institutlari, jumladan, Altay Davlat universiteti vakili psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Taburova Tatyana Sergeyevna bilan darslar o’tilishi bo’yicha hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston Davlat universiteti Pedagog va psixologlari bilan ilmiy hamkorlik mavjud.
Xalqaro aloqalar bo‘yicha 2023-yilda kafedra mudiri dotsent S.Sh.Ismatov tashabbusi bilan Pedagogika va psixologiya kafedrasi Tojikiston Respublikasi Tojikiston davlat universitetining Pedagogika va psixologiya kafedralari o‘rtasida ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlik va o‘zaro aloqalarni mustahkamlash to‘g‘risidagi hamkorlik memorandumi imzolangan.
Respublikamizdagi yetakchi OTMlari Pedagogika va psixologiya kafedralari, O‘zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti bilan ilmiy-amaliy hamkorlik o‘rnatilgan.
Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari
Bakalavr
Umumiy psixologiya
Pedagogika nazariyasi va tarixi
Mutaxassislikka kirish (Umumiy pedagogika)
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya
Kreativ pedagogika
Ijtimoiy psixologiya
Oila va ijtimoiy pedagogika
Pedagogik texnologiya
Xalq pedagogikasi
Magistratura
Ta’limda pedagogik o‘lchovlar va zamonaviy test texnologiyalari
Kasbiy ma`naviyat
Oliy va professional ta’limda mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi
Shaxs psixologiyasi va kouching
Ta’limda amaliy psixologiya
Pedagogik deontologiya va kompetentlik